Iqtisodiyot | 13:18 / 18.12.2025
1368
1 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi

Qonunchilikka muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab mahallalarda soliq to‘lov intizomi va tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi. 

Belgilanishicha, mazkur nominatsiya g‘oliblarini aniqlashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi

  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari soni;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar soni;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
  • mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘langanlik darajasi. 
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid