Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
Ta’lim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun yig‘imlar miqdorlari hamda ularni hisoblash tartibi ishlab chiqildi. Nizom loyihasiga ko‘ra, davlat akkreditatsiyasi uchun amalga oshirilgan yig‘imlar natijadan qat’i nazar qaytarilmaydi.
Foto: Shutterstock
Hujjatga muvofiq, mazkur nizom o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda yig‘imlarni hisoblash va undirish tartibini belgilaydi.
Nizom loyihasida arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari etib belgilangan. Kompleks va maxsus akkreditatsiya bo‘yicha bazaviy yig‘imlar ta’lim turiga qarab belgilanadi. Jumladan, oliy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun bazaviy yig‘im 420 BHM, maxsus davlat akkreditatsiyasi uchun (har bir ta’lim dasturi bo‘yicha) 100 BHM etib ko‘rsatilgan.
Shuningdek, ta’lim tashkilotining asosiy binosi joylashgan hududdan tashqaridagi har bir o‘quv binosi (kampus) uchun qo‘shimcha ravishda 12 BHM miqdorida yig‘im undirilishi nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun amalga oshirilgan barcha yig‘imlar, akkreditatsiya natijasidan qat’i nazar, ta’lim tashkilotiga qaytarilmaydi. Ayrim hollarda esa ta’lim tashkilotining to‘lovga qobiliyatsizligi asoslantirilsa, agentlik bilan kelishilgan grafik asosida yig‘imlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.
Mavzuga oid
09:15
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
13:31 / 11.03.2026
Poytaxtda ta’lim xizmatlari bo‘yicha yetakchi tuman aniqlandi
19:02 / 06.03.2026
Jazo o‘tayotgan ayollarga oliygohlarda o‘qish imkoniyati yaratiladi
18:59 / 06.03.2026