Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politico: AQSh va RF dam olish kunlari Mayamida muzokara o‘tkazadi
Politico manbalariga ko‘ra, Rossiya va AQSh vakillari Floridada 20–21 dekabr kunlari Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha qadamlarni muhokama qiladi. Oq uy ehtimoliy uchrashuvga izoh bermadi.
Rossiya va AQShning rasmiy shaxslari yaqin dam olish kunlari — 20–21 dekabrda Mayamida uchrashib, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha ehtimoliy qadamlarni muhokama qilishi kutilmoqda. Bu haqda Politico nashri chorshanba, 17 dekabr kuni mazkur masaladan xabardor ikki manbaga tayanib xabar berdi.
Ularning aytishicha, Rossiya tomonidan ehtimol Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari va RF prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev ishtirok etadi. AQSh tomonidan esa Amerika prezidenti Donald Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner qatnashishi kutilmoqda.
Oq uydan ehtimoliy uchrashuv bo‘yicha hozircha rasmiy sharh berilmagan.
Politico ta’kidlashicha, rejalar hali o‘zgarib qolishi mumkin. Agar Floridadagi aloqalar amalga oshsa, Amerika tomoni unda AQSh, Ukraina va Yevropa davlatlari vakillari o‘rtasida Berlinda yaqinda o‘tgan muzokaralar natijalarini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Uitkoff va Kushner 14–15 dekabr kunlari Germaniya poytaxtida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan urushni yakunlash masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Keyinroq ularga Yevropa qit’asidagi bir qator yetakchi davlatlar rahbarlari, YeI va NATO rahbariyati qo‘shilgan.
Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan muloqotda Zelenskiy AQSh tinchlik bo‘yicha muzokaralarni tezroq yakunlashni xohlayotganini, biroq Ukraina uchun ularning sifati muhim ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyadagi uchrashuvda tomonlar tinchlik kelishuvining eng murakkab bandlariga, jumladan, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berish masalasiga yaqinlashgan. Shu bilan birga, Kiyev tomonidan ehtimoliy hududiy yon berishlar (imtiyozlar) masalasi hal etilmay qolgan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026