O‘zbekiston | 12:09
6540
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida yana qor yog‘ishi kutilmoqda

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi –5 darajagacha soviydi.

Foto: Kun.uz

Kecha yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchilikdan so‘ng, bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Havo harorati 0...+5 daraja, janubda +6...+9 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0...5 daraja, kunduz kunlari 0...+5 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +1...+3 daraja bo‘ladi.

Shanba kuni asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi.

Harorat kechasi va kunduzi 2...+3 daraja atrofida bo‘ladi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid