O‘zbekiston | 14:35
467
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarori: ijod maktablarining huquqiy maqomi belgilandi

Hukumat qarori bilan “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Hujjat ijod maktablarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish hamda faoliyatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, ijod maktablarida ta’lim-tarbiya jarayoni 7–11-sinflarda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, sinflar to‘ldirilishiga oid talab ham belgilanib, bir sinfda 20 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’lim jarayoni 5 kunlik o‘quv haftasi asosida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Biroq ijod maktabi Pedagogik kengashining qaroriga ko‘ra, zaruratdan kelib chiqib 6 kunlik o‘quv haftasiga o‘tish mumkin.

Qaror bilan ijod maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi qayd etildi. Shuningdek, o‘quvchilar Agentlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fanlardan yillik summativ baholashdan muvaffaqiyatli o‘tganda, ijod maktabi direktorining buyrug‘i bilan keyingi sinfga o‘tkazilishi belgilandi.

Mavzuga oid