Adabiyotşunos olimlarni jalb qilgan holda ijod maktablari darsliklarini yangilaş ustida iş olib borilayapti, deb xabar bermoqda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi.

«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 martdagi «Ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 141-son qaroriga köra ijod maktablarining 7-11-sinflari uçun ixtisoslik fanlariga haftasiga qöşimça 20 soat (har bir sinfga 5 soatdan) ajratiş rejalaştirilgan.

Mazkur qaror ijod maktablari öquvçilari ona tili va adabiyot fanlari böyiça davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilimdan taşqari notiqlik san'ati va adabiyot sirlarini çuqurlaştirilgan tarzda öqitişga qaratilgan.

Agentlik mazkur darsliklarni tayyorlaş uçun Respublikamizdagi adabiyotşunos olimlarni jalb qildi va hozirda ijod maktablarining 7-11-sinflari uçun ixtisoslik fanlari böyiça darsliklar yaratiş böyiça iş olib borilmoqda.

7-11 sinflar uçun tayyorlanayotgan ixtisoslik adabiyoti darsligida xalq oğzaki ijodi, adabiy jarayon, adabiyot qoidalari, publitsistika, matnşunoslik, dramaturgiya fanlarining elementlari öquvçilarning yoş xususiyatiga mos ravişda singdirilmoqda.

Şuningdek, ixtisoslik adabiyoti darsligi mazmunan umumiy örta ta'limning adabiyot fani va oliy ta'limning adabiyot yönalişi fanlari bilan uzviyligi ta'minlanmoqda.

Şu bilan bir qatorda, mutaxassislar tomonidan notiqlik san'ati va nutq madaniyati fani böyiça ijod maktablari öquvçilari uçun 7-11 sinflarga möljallangan alohida darslik tayyorlanmoqda», deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilişiça, uşbu darsliklarni tayyorlaş Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyot universiteti bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda. Yangidan tayyorlangan darsliklar universitetning ilmiy-metodik kengaşida muhokamadan ötkazilişi közda tutilgan.

Yangilangan öquv dasturi va darsliklar 2020/2021 öquv yilida ijod maktablarida tajriba-sinovdan ötkazilişi, öquv yili yakunida aniqlangan kamçiliklar va kelib tuşgan takliflar asosida darsliklar takomillaştiriş va qayta çop etiş rejalaştirilgan.

Agentlik direktorining matbuot kotibi Anvar Umarov ijod maktablarida çet tillarini öqitişni zamonaviy metodlar asosida taşkil etiş maqsadida ingliz, nemis va fransuz tili fanlari böyiça ilğor xorijiy mamlakatlarning e'tirof etilgan darsliklarini xarid qiliş böyiça xorijiy naşriyotlar bilan muzokaralar olib borilayotganini ta'kidladi.

Eslatib ötamiz, hozirgi kunda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi tizimida töqqizta ijod maktabi faoliyat yuritmoqda.