2021/2022 öquv yili uçun respublikadagi ijod maktablarining qaysi sinflariga öquvçi qabul qilinişi haqida Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi ijod maktablari bölimi boşliği Saidbek Aşirov ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
«2021/2022 öquv yili uçun respublikadagi 9ta ijod maktabiga qabul kvotalari belgilangan. Qarşi şahridagi Abdulla Oripov, Marğilon şahridagi Erkin Vohidov, Namangan viloyatidagi Işoqxon Ibrat, Andijon şahridagi Muhammad Yusuf, Jizzax şahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablariga 7- va 8-sinflarga öquvçi qabul qilinadi. Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy, Guliston şahridagi Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabiga 7—9-sinfga öquvçi qabul qilinadi. Toşkent şahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga esa 7—10-sinflarga, Nukus şahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga faqat 7-sinfga öquvçi qabul qiliş reja qilingan», dedi Saidbek Aşirov.
Agentlik vakilining izohlaşiça, qabul kvotalari maktab imkoniyatidan kelib çiqib, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayoni, darsdan taşqari maşğulotlar 2 smenaga bölinib ketmasligi, sifatli ta'limni taşkillaştiriş maqsadida belgilangan. Şuning uçun ayrim maktablarda sinflarda nomutanosibliklar bor.
Şuningdek, agentlikning ijod maktablari bölimi boşliği ijod maktablariga hujjat topşiriş va imtihon qay şaklda ötişi haqida ham ma'lumot berdi.
Unga köra, ijod maktablariga hujjat topşirişda hududiy çegara qöyilmaydi, ya'ni bola özi qiziqqan ijod maktabiga hujjat topşirişi mumkin. Bundan taşqari, fanlarni özlaştiriş körsatkiçlariga ham alohida talab belgilanmaydi.
«Saralaş imtihonlari 2 bosqiçda amalga oşiriladi. 1-bosqiçda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan hamkorlikda ijod maktablariga hujjat topşirgan nomzodlarning ijodiy qobiliyatlari tekşiriladi. Bu yozma va oğzaki şaklda örganiladi. 2-bosqiçda Davlat test markazi bilan hamkorlikda ona tili va adabiyot hamda ingliz tilidan özlaştirişini aniqlaş maqsadida test sinovlari ötkaziladi», dedi Aşirov.
Oldinroq Ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarda imtihon kunlari hamda tartibi ma'lum qilingandi.












