Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: RF aktivlarini musodara qilish yevrohududga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroittifoq mamlakatlarida muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga moliyalashtirish uchun ishlatish ehtimolini “talon-toroj” deb atadi va bunday qaror qabul qilinsa, yevro uchun “og‘ir oqibatlar” bo‘lishi haqida bildirdi.
Yevroittifoqning Ukrainaga, ittifoq davlatlarida muzlatilgan Rossiya aktivlarini garov sifatida qo‘yib, “reparatsion kredit” ajratishi — bu “talon-taroj” bo‘lib, uning oqibatlari “og‘ir bo‘ladi” va yevrohududga bo‘lgan “ishonchga putur yetkazadi”. Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni, 19 dekabr kuni jurnalistlar bilan “To‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot”da shunday fikr bildirdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari haligacha muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanmagan, chunki “talonchilar uchun oqibatlar og‘ir bo‘lishi mumkin”. “Bu shunchaki imijga zarba emas — bu ishonchni yemirish, bu holatda yevrohududga bo‘lgan ishonchni. Chunki, albatta, o‘z oltin-valuta zaxiralarini yevrohududda ko‘p mamlakatlar saqlaydi, faqat Rossiya emas”, — dedi Putin.
U qo‘shimcha qildi: suveren aktivlar hisobidan kredit berish “oqibatlar”ni ham anglatadi — “har bir mamlakat budjeti uchun ham, bu budjet qarzini oshiradi”.
Rossiya prezidenti taxmin qildi: agar aktivlarni musodara qilish amaliyoti paydo bo‘lsa, keyin uni “turli bahonalar bilan ko‘paytirib borish” mumkin bo‘ladi. U, shuningdek, Rossiya hukumati o‘z manfaatlarini himoya qilishini — avvalo sudlarda — va “siyosiy qarorlardan mustaqil bo‘ladigan” shunday yurisdiksiyani topishga harakat qilishini aytdi.
19 dekabrga o‘tar kechasi Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta YeI sammiti ishtirokchilari 2026–2027 yillarda Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdorida moliyalashtirish ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, YeI o‘zi amalga oshiradigan qo‘shma qarz olish varianti tasdiqlangan.
Sammitdan keyin Germaniya kansleri Fridrix Mers izoh berishicha, Ukraina bu kreditni faqat Moskva Kiyevga urush tufayli yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lab berganidan keyingina qaytarishi kerak bo‘ladi. Agar Rossiya zararni qoplashdan bosh torsa, YeI Ukraina qarzini so‘ndirish uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanadi, dedi kansler.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026