Jamiyat | 09:45
1398
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida ob-havo yomonlashdi: haydovchilardan ehtiyot bo‘lish so‘raldi

Qamchiq dovonida maydalab qor yog‘ishi boshlandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni ob-havo sharoitini inobatga olib, harakat qoidalariga qat’iy amal qilish va oraliq masofani saqlashga chaqirdi.

Foto: YHXX

YHXXning ma’lum qilishicha, hozirda “Qamchiq” dovonida mayda qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda yo‘l qoplamasi sirpanchiq bo‘lishi, ko‘rinish masofasi qisqarishi va tormoz yo‘li uzayishi mumkin.

Shu munosabat bilan haydovchilardan:

harakatlanishda ob-havo sharoitini inobatga olish;
belgilangan qoidalarga rioya etish;
oldindagi transport vositasi bilan oraliq masofani saqlash so‘raldi.

Mutasaddilar, shuningdek, tezlikni me’yorda ushlash, keskin manyovr va tormoz berishdan tiyilish, xavfli quvib o‘tishlarga yo‘l qo‘ymaslikni tavsiya qiladi. Zarur hollarda yorug‘lik uskunalarini to‘g‘ri qo‘llash, oyna tozalagichlar holatini tekshirish ham xavfsizlikni oshiradi.

Mavzuga oid