Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JARdagi barda otishma. O‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
21 dekabrga o‘tar kechasi JARning Yoxannesburg shahri chekkasidagi barda noma’lum shaxslar guruhi tomonidan o‘t ochilgan. Agence France-Presse agentligi politsiya ma’lumotiga asoslanib xabar berishicha, hujum oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, yana o‘n kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.
Hujum uyushtirganlar soni o‘nga yaqin bo‘lgan, ular ikkita mashinada kelishgan, bar mijozlariga qarata tartibsiz o‘q uzishgan, shundan so‘ng voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan. Ularning motivlari noma’lum.
Bu JARda so‘nggi bir oy ichida sodir bo‘lgan ikkinchi ommaviy otishmadir. 6 dekabr kuni noma’lum shaxslar mamlakat poytaxti Pretoriya chekkasidagi hostelda otishma uyushtirishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgandi.
JAR – qasddan odam o‘ldirish holatlari bo‘yicha dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichga ega davlatlardan biri. 64 million aholiga ega mamlakatda har kuni 60 dan ortiq odam shunday hujumlar qurboni bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:41 / 28.11.2025
Vashington–Pretoriya mojarosi: Tramp JARni G20 Mayami sammitidan chetlatmoqchi
21:27 / 06.11.2025
JAR prezidenti Ukrainada jang qilayotgan janubiy afrikaliklar Donbassda tuzoqqa tushganini aytdi
21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi
13:43 / 15.03.2025