Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi
Xabar qilinishicha, respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Foto: Kun.uz
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
TOShKENT ShAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 4 daraja iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
TOShKENT, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.