Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga keldi
O‘zbekiston yetakchisi 21-22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.
«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 21-22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar o‘rin olgan.
An’anaga ko‘ra, birgalikda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi.

Mavzuga oid
19:14
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
18:14
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
17:49 / 20.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Tokiodan Sankt-Peterburgga yo‘l oldi
16:59 / 20.12.2025