Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda Germaniya osmonida 1000 ta shubhali dron qayd etildi
Joriy yilda Germaniyada 1000 tadan ortiq shubhali dron kuzatilgan. BKA rahbari fikricha, ular aholi orasida ishonchsizlik uyg‘otish va ma’lumot to‘plashni ko‘zlamoqda.
Foto: Sorge/Caro
Germaniyaning Federal jinoyat ishlari idorasi (Bundeskriminalamt, BKA) joriy yil boshidan buyon mamlakatda shubhali dronlarning 1000 tadan ortiq parvozini qayd etgan. Bu haqda BKA rahbari Xolger Myunx 21 dekabr, yakshanba kuni e’lon qilingan Bild tabloidiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha gap harbiy obektlar, aeroportlar yoki muhim infratuzilma obektlari — masalan, mudofaa korxonalari yoki portlar ustida uchib o‘tayotgan dronlar haqida bormoqda.
Shubhali dronlar haqidagi ayrim xabarlar xatolik bo‘lib chiqadi. Shuningdek, har bir dron Rossiya bilan bog‘liq emas, deya qayd etdi Myunx. Joriy yilda BKA dron uchirgan uchuvchilar soni qariyb 100 nafarga yaqinlashgan holatlarni qayd etgan, biroq ularning ayrimlari yashiringan. Ayrim holatlarda Germaniya politsiyasi dronlarni havaskorlar emas, balki professionallar boshqarganiga ishonchi komil bo‘lgan.
Bunday dron parvozlari ortida turganlar nimaga erishmoqchi? Myunxning fikricha, ular aholi orasida ishonchsizlik hissini uyg‘otishni istaydi. “Agar operatsiya davlat ishtiroki bilan o‘tayotgani ochiq-oydin bo‘lsa, undan keyin (ko‘rilgan dronlar haqida — tahr.) juda ko‘p xabarlar kelib tushadi, bu esa aholida ishonchsizlik hissining oshishiga olib keladi”, — deb tushuntirdi u.
BKA rahbari aytishicha, dron uchirayotganlarning yana bir vazifasi — ma’lumot to‘plash bo‘lishi mumkin. “Buning uchun sun’iy yo‘ldoshlardan ham foydalanish mumkin, ammo ular ham hamma narsani qila olmaydi. Chunki Germaniyada dronlar ko‘pincha ukrain harbiylari tayyorgarlikdan o‘tayotgan harbiy obektlar ustida uchadi. Ular bilan smartfonlar bo‘lishi mumkin. Dron shu joyda qaysi smartfonlar borligini qayd etadi va keyin ehtimol, ularni Ukraina frontida aniqlashi mumkin”, — deydi Myunx.
Mavzuga oid
14:19
Germaniya 2025 yilda oilani birlashtirish bo‘yicha 100 mingdan ortiq viza berdi
08:42
Krasnodar o‘lkasi: dronlar quvur va 2 ta kemaga zarar yetkazdi
14:53 / 20.12.2025
Ukraina uchun yangi kredit Germaniyaga milliardlarga tushadi
11:28 / 20.12.2025