Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
23–26 dekabr kunlari ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari –3…+2 bo‘ladi, kunduzi asta-sekin +5…+10 darajagacha ko‘tariladi.
Foto: Kun.uz
23–25 dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat asta-sekin +5…+10 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Dushanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ertalab Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va kun davomida respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
23–24 dekabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23 dekabr kuni kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
25–26 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. 26 dekabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ushbu kunlarda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan kechalari –3…+2, kunduz kunlari 22 dekabrda 0…+5 daraja bo‘ladi, 23–25 dekabrda asta-sekin +5…+10 darajagacha ko‘tariladi, 26 dekabrda +2…+7 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 22–23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda 22–25 dekabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 23 dekabrda kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. 22–23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Harorat kechalari –1…+2 daraja, kunduzi 22 dekabrda +2…+4 daraja bo‘ladi, 23–25 dekabrda asta-sekin +7…+9 darajagacha ko‘tariladi. 26 dekabrda vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi va kunduzgi harorat biroz pasayadi.