Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltin narxi tarixda ilk marta 4 400 dollardan oshdi
Oltin narxi 4400 dollardan oshdi va joriy yil hisobidan navbatdagi marta rekordni yangiladi. Joriy narx oshishi FZTning asosiy foiz stavkasini pasaytirishi va dollar kursining zaiflashishi fonida yuz berdi. Qimmatbaho metall yil boshidan beri qariyb 65 foizga qimmatlashdi.
Foto: Adobe Stock
Jahon bozorida oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiyasi uchun 4400 dollardan oshdi. Ayni paytda narxlar 4412 dollarni tashkil etyapti. Yil boshidan beri qimmatbaho metall qariyb 65 foizga qimmatladi.
Narxlarning joriy oshishi bir qator omillar bilan izohlanyapti:
- AQSh Federal zaxira tizimi(FZT) asosiy foiz stavkasini 25 bazaviy punktga pasaytirishi;
- dollar kursining zaiflashuvi;
- o‘sish impulsining kumushdan oltinga «o‘tishi».
Jahon Oltin kengashining qayd etishicha, joriy yilda oltin bilan ta’minlangan birja fondlaridagi aktivlar hajmi may oyidan tashqari har oy oshib borgan.
Deutche Bank tahlilchilariga ko‘ra, kelasi yilda oltin narxi 1 unsiya uchun 3950–4950 dollar oralig‘ida tebranadi. Bunga investitsiya oqimlarining barqarorlashuvi, markaziy banklar tomonidan oltinga bo‘lgan barqaror talab hamda birja fondlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar oqimi sabab bo‘ladi. Bank 2027 yilda oltin narxi 5150 dollargacha ko‘tarilishini prognoz qilyapti.
Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan oltin quymalarining joriy narxlari quyidagicha belgilangan:
- 5 grammli quyma 8,7 million so‘m;
- 10 grammli quyma 17,4 million so‘m;
- 20 grammli quyma 34,9 million so‘m;
- 50 grammli quyma e 87,2 million so‘m;
- 100 grammli quyma esa 174,3 million so‘m.
Mavzuga oid
15:21
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
07:35 / 08.12.2025
Infografika: insoniyat qazib olgan va hali yer ostida qolgan barcha oltin miqdori
19:17 / 07.12.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
09:20 / 05.12.2025