Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij Putinning Makron bilan muloqotga tayyorligini olqishladi
Emmanuel Makron ma’muriyatida Fransiya prezidentining Rossiya rahbari bilan muzokaralari uchun “eng maqbul harakatlar tartibi” muhokama qilinadi. “Kreml bu qadamni ochiq ravishda ma’qullagani olqishlashga arziydi”, - deyiladi xabarda.
Fransiya prezidenti ma’muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi urushni to‘xtatish masalasi bo‘yicha prezident Emmanuel Makron bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini olqishladi. Yelisey saroyi izohini 21 dekabr, yakshanba kuni AFP agentligi keltirdi.
“Kreml bu qadamni omma oldida ma’qullagani olqishlashga arziydi”, — deyiladi bayonotda. Prezident ma’muriyati qo‘shimcha qilishicha, yaqin kunlarda “eng yaxshi harakatlar tartibi” muhokama qilinadi.
Makron 19 dekabr kuni Putin bilan muzokaralarni qayta boshlash “yevropaliklar va ukrainlar manfaatiga xizmat qilishi”ni aytgan.
“Aks holda biz o‘zaro bahslashaveramiz — Rossiya (tomoni — tahr.) bilan mustaqil muloqot olib boradigan muzokarachilar bilan aloqada bo‘lgan holda. Bu maqbul variant emas”, — deya Fransiya rahbarining so‘zlarini keltirgan dpa agentligi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 21 dekabr kuni e’lon qilingan intervyusida Putin Makron bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi.
“U (Makron — tahr.) Putin bilan suhbatlashishga tayyorligini aytdi. Bu yerda, ehtimol, prezident to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda aytgan gaplarni eslash juda muhim. U ham Makron bilan muloqotga tayyorligini bildirgan. Demak, agar o‘zaro siyosiy iroda bo‘lsa, buni faqat ijobiy baholash mumkin”, — dedi Peskov.
RF prezidenti vakili ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalar “bir-birining pozitsiyalarini tushunishga urinish” bo‘lishi, “nasihat o‘qish” kerak emasligini qo‘shimcha qildi. “Putin doim o‘z pozitsiyalarini tushuntirishga, suhbatdoshlariga ularni batafsil, samimiy va izchil bayon qilishga tayyor”, — dedi u.
Iyul oyida Makron va Putin uch yildan keyin ilk bor telefon orqali suhbatlashgan. Ular Ukrainadagi urushni, Eron–Isroil mojarosi keskinlashuvini, shuningdek AQShning Eron yadroviy obektlariga bergan zarbalarini muhokama qilgan. Tomonlar Yaqin Sharq bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish uchun aloqada bo‘lib turishga kelishib olgan.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov AQSh, Ukraina va Rossiya vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuv tayyorlanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. “Hozircha bu tashabbus haqida hech kim jiddiy gapirgani yo‘q, bilishimcha, u ishlab chiqish bosqichida ham emas”, — dedi u 21 dekabr kuni.
19 dekabrdan beri AQShning Florida shtatida Ukrainadagi urushni ehtimoliy tugatishga bag‘ishlangan maslahatlashuvlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
09:15 / 09.06.2026