Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi konlarni aniqlash: O‘zbekiston–Misr hamkorligi uchun ishchi guruh tuziladi
O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Misrning Endeavour Mining kompaniyasi hamda xalqaro konsalting tashkiloti vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda qimmatli metallarni izlash sohasida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma geologiya-qidiruv ishlari uchun texnik ishchi guruh tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
“Dunyo” AA muxbiri ma’lum qilishicha, elchixona tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda qo‘shma geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishning amaliy va investitsiyaga yo‘naltirilgan jihatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar yangi foydali qazilma konlarini aniqlash uchun mustahkam asos yaratish maqsadida o‘zaro manfaatli loyihalarga ustuvor ahamiyat berish bo‘yicha yakdil fikr bildirdi. Ta’kidlanishicha, mazkur yondashuv hamkorlikda ishonchlilik va barqaror sur’atni ta’minlab, uni kengroq tijorat tashabbuslariga olib chiqishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhim kelishuvlardan biri sifatida hamkor kompaniyalar, vazirlik va tegishli muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar vakillari hamda tajribali geologiya-qidiruv mutaxassislarini qamrab olgan kichik, texnik yo‘naltirilgan ishchi guruhni tuzishga kelishib olindi.
Ma’lum qilinishicha, ishchi guruhning dastlabki vazifalari texnik baholash ishlarini o‘tkazish, ustuvor yer maydonlarini aniqlash va keyingi qadamlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
22:05 / 04.04.2026