Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kontakt-markaz” nomidan firibgarlik holatlari ko‘paymoqda
So‘nggi vaqtlarda firibgarlar fuqarolar ishonchini qozonishga urinib, o‘zini UZTELECOM “Kontakt-markazi” xodimi sifatida tanishtirgan holda abonentlardan SMS orqali kelgan tasdiqlovchi kodlar yoki telefon raqamlari haqida ma’lumot so‘rayotgani bo‘yicha murojaatlar ko‘paymoqda.
UZTELECOM eslatishicha, “Kontakt-markaz” xodimlari hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, SMS-kodlar yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydi. Shu bois, agar sizga shubhali qo‘ng‘iroq bo‘lsa yoki o‘zini xodim sifatida tanishtirgan shaxs shaxsiy ma’lumotlaringizni talab qilsa, hech qanday ma’lumot bermang.
Bunday holatda, avvalo qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxs yoki kompaniya haqida ma’lumotni tekshirib oling. Shuningdek, rasmiy ishonch telefonlari va “Kontakt-markaz” bo‘yicha ma’lumotlar bilan kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali tanishish tavsiya etiladi.
Eslatma: SMS orqali kelgan tasdiqlovchi kodlar — shaxsiy ma’lumot hisoblanadi. Uni uchinchi shaxslarga aytmaslik siz mablag‘ va akkauntlaringiz xavfsizligini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
15:23 / 20.12.2025
Tadbirkorning to‘yxona binosini qo‘lga kiritganlar aniqlandi
16:08 / 17.12.2025
Norvegiya va Latviyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
10:13 / 17.12.2025
Turkiyada yashirinib yurgan shaxs ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi
12:11 / 16.12.2025