Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi
Shuningdek, uni «xalqaro jarayonlarni chuqur va vazmin tushunadigan ajoyib inson va tajribali davlat arbobi» sifatida ta’rifladi.
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati
AQSh prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jo‘mart To‘qayevga bir nechta sovg‘a, jumladan, Oq uyning ramziy kaliti va Amerika yetakchisining dastxati tushirilgan beysbol kepkasini yubordi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay xabar berdi.
«Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston elchisi Mag‘jan Ilyosov bilan joriy yil noyabr oyida Oval kabinetda davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, AQSh prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga bir nechta sovg‘a, jumladan, Oq uyning ramziy kaliti va uning dastxati tushirilgan beysbol kepkasini yubordi», dedi Jyeldibay.
Matbuot kotibi, shuningdek, Amerika yetakchisi Qozog‘iston prezidentiga shaxsiy samimiy tilaklarini yo‘llagani, uni hurmat qilishini ta’kidlab, «xalqaro jarayonlarni chuqur va vazmin tushunadigan ajoyib inson va tajribali davlat arbobi» sifatida ta’riflaganini qayd etdi.
«Oq uy kaliti» - Donald Trampning shaxsiy tashabbusi
Ramziy «Oq uy kaliti»ni topshirish AQSh rasmiy diplomatik protokolining bir qismi emas. Donald Trampgacha hech bir AQSh prezidenti chet el yetakchilari yoki jamoat arboblariga bunday ramzni sovg‘a qilmagan. Bunday «kalit» yuridik kuchga ega emas, Oq uyga «kirish» imkonini bermaydi va AQSh ma’muriyatining birorta rasmiy hujjatida mustahkamlanmagan. U faqat esdalik sovg‘asi va shaxsiy munosabat belgisi sifatida ishlatiladi.
Hozirgacha, To‘qayevdan tashqari Donald Tramp tomonidan Oq uyning ramziy kalitini topshirishning yana bir holati ishonchli tarzda tasdiqlangan: 2020 yilda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga.
Bir qator nashrlar, shuningdek, ramziy kalitni boshqa siyosatchilar yoki jamoat arboblari ham olganini ta’kidlaydi: Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va milliarder Ilon Mask.
Mavzuga oid
21:50
To‘qayev Qozog‘istonni tinchlik muzokaralari maydoni sifatida taklif qildi
20:24
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
17:17
AQShni ixtiyoriy tark etgan noqonuniy migrantlarga 3000 dollardan pul beriladi
15:57