O‘zbekiston | 17:45
1333
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi FlyOne Asia aviakompaniyasi O‘zbekistonda 2026 yil aprelida ish boshlaydi

Loukoster Toshkentni dunyoning 10 ta shahri bilan aviaqatnov orqali bog‘lashi reja qilingan.

Foto: FlyOne

Yangi FlyOne Asia loukosteri (arzon chipta taklif etuvchi) O‘zbekistonda 2026 yil aprelida ish boshlashi kutilmoqda. Aviakompaniya Toshkentdan Rossiyaning kamida 5 ta shahriga parvozlarni amalga oshiradi.

FlyOne Asia Toshkentni Rossiyaning Moskva, Qozon, Yekaterinburg, Samara va Mineralniye Vodi shaharlari bilan bog‘lashni reja qilgan. Shuningdek, Riga (Latviya), Sharja (BAA), Tel-Aviv (Isroil), Boku (Ozarboyjon), Kishinyov (Moldova) ham parvozlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Aviakompaniya 2025 yil fevral oyida tashkil qilingan va Asia Union Airlines deb nomlangan va O‘zbekistonning turli shaharlaridan Madinaga parvozlarni amalga oshirgan. Iyul oyida u Moldovaning FlyOne aviakompaniyasiga qo‘shildi.

Yozda aviatashuvchi floti A320 oilasiga mansub ikkita Airbus samolyotidan iborat edi, noyabr oyida esa yana 2 ta samolyot kelishi kutilgandi.

Mavzuga oid