Iqtisodiyot | 14:40
557
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdosi: eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi

2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda eng yuqori ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 mlrd dollarga yoki 21,8 foizga oshgan.

Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport hajmi 30,9 mlrd dollarni tashkil etib (+26,2 foiz), import esa 41,9 mlrd dollarga yetgan (+18,7 foiz).

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston jahonning 210 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Tashqi savdo aylanmasi yuqori ulushi Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (16,2 foiz), Qozog‘iston (6 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Umuman olganda, 2025 yilning 11 oyida tashqi savdo aylanmasi sezilarli o‘sib, eksport o‘sishi importga nisbatan yuqoriroq bo‘ldi. Savdo hamkorlari ichida eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelayotgani O‘zbekiston tashqi savdosida ushbu yo‘nalishning yetakchi o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid