Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 11 oyda 10 turdagi yengil avtomobil ishlab chiqarildi
2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda jami 419 338 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarishda Cobalt va Damas rusumlari yetakchilik qilgan.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida turli rusumdagi jami 419 338 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Rusumlar kesimida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- Cobalt — 148 094 dona;
- Damas — 85 384 dona;
- Tracker — 47 804 dona;
- Onix — 29 099 dona;
- KIA — 24 507 dona;
- BYD — 17 510 dona;
- Haval — 8 891 dona;
- Chery — 8 627 dona;
- Tank 500 — 50 dona;
- maxsus yengil avtomobillar — 49 372 dona.
Umuman olganda, 2025 yilning 11 oyida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi yuqori darajada saqlanib, bozorda Cobalt va Damas asosiy ulushni tashkil etgan. Shu bilan birga, Tracker, Onix, KIA va BYD kabi rusumlar hissasi ham sezilarli bo‘lib, ishlab chiqarish turlari diversifikatsiya qilinayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
14:40
O‘zbekiston tashqi savdosi: eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi
13:45
Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keldi
11:04 / 23.12.2025
Noyabr oyida avtobozor: sotuvlar tendensiyasi va asosiy ko‘rsatkichlar
11:00 / 22.12.2025