Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltin izlovchilar reyestri va nazorat tartibi bo‘yicha me’yorlar o‘zgarmoqda
“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani munosabati bilan yer qa’ridan foydalanish sohasidagi ayrim prezident hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zgarishlar doirasida oltin izlovchilar reyestrini yuritish hamda ajratilgan yer qa’ri uchastkalari ustidan davlat nazoratiga oid normalar qayta belgilanadi.
Foto: Getty images
“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq hamda uning ijrosini samarali tashkil etish, huquqiy qoidalarni qo‘llashda turlicha talqinlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish maqsadida prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Xususan, 2018 yil 26 noyabrdagi PQ-4030-son qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, hujjatning 2-bandidagi “35 baravari” ifodasi “100 baravari” so‘zlari bilan almashtirilishi belgilanmoqda. Shuningdek, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning reyestrini yuritish Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, ularga ajratilgan yer qa’ri uchastkalari ustidan davlat nazorati esa Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur hujjat o‘zgarishlari “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash hamda sohadagi huquqiy ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgani bildirilgan.
Mavzuga oid
07:44 / 02.08.2025
Yer qa’ridan foydalanishda davlat tomonidan tartibga solish qoidalari o‘zgardi
16:33 / 01.11.2024
«Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi
13:42 / 24.08.2023
Senat “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad qildi
08:04 / 07.12.2018