Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori: yer qa'rini geologik o‘rganish sohasidagi boshqaruv tizimi yanada takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Yer qa'rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa'ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Yer qa'rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer qa'rini muhofaza qilishning yagona qoidalari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
oldin berilgan kon ajratish dalolatnomalarini 2018 yil 31 dekabrga qadar tanqidiy ko‘rib chiqsin va zarurat bo‘lganda konga ishlov berish hamda foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun yangi kon ajratish dalolatnomasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq beradi;
yer osti boyliklarini muhofaza qilish va yer qa'ridan foydalanuvchilarning kon-geologiya ishlari sohasidagi faoliyati nazorat qilinishini kuchaytiradi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026