“Yer qa’ri töğrisida”gi qonunga muvofiq hamda uning ijrosini samarali taşkil etiş, huquqiy qoidalarni qöllaşda turliça talqinlar va qarama-qarşiliklarni bartaraf etiş maqsadida prezidentning ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilgan.
Xususan, 2018 yil 26 noyabrdagi PQ-4030-son qarorga kiritilayotgan özgartirişlarga köra, hujjatning 2-bandidagi “35 baravari” ifodasi “100 baravari” sözlari bilan almaştirilişi belgilanmoqda. Şuningdek, qimmatbaho metallarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxslarning reyestrini yuritiş Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalaniş markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oşirilişi közda tutilgan.
Qayd etilişiça, ularga ajratilgan yer qa’ri uçastkalari ustidan davlat nazorati esa Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Toğ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan amalga oşiriladi.
Mazkur hujjat özgarişlari “Yer qa’ri töğrisida”gi qonun ijrosini ta’minlaş hamda sohadagi huquqiy ziddiyatlarni bartaraf etişga qaratilgani bildirilgan.

















