Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyaning yangi raqamli platformasi O‘zbekistonda ham tatbiq etilishi mumkin
Ar-Riyodda o‘tgan O‘zbekiston–Saudiya konsullik maslahatlashuvlarining birinchi davrasida xorijiy fuqarolar uchun rejalashtirilayotgan yangi raqamli platformani O‘zbekistonda ham tatbiq etish masalasida kelishuvga erishildi. Tomonlar, shuningdek, migratsiya va konsullik sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator yo‘nalishlarni muhokama qildi.
Foto: TIV
2025 yil 23 dekabr kuni Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni podshohligi tashqi ishlar vazirining konsullik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ihab bin Muhammad Al-Najjar bilan konsullik maslahatlashuvlarining birinchi davrasini o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ushlab turish, vaqtincha saqlash hamda deportatsiya qilish holatlarida o‘zaro xabardor etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlash, hujjatlarni o‘zaro tan olish va apostil tizimi, migratsiya hamda konsullik xizmatlarini raqamlashtirish yo‘nalishlarida tajriba almashish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonida xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun joriy etilishi rejalashtirilayotgan yangi raqamli platformani O‘zbekistonda ham tatbiq etish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Mazkur tizim xorijiy fuqarolarning Saudiyada bo‘lishi davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni oldindan aniqlash va samarali hal etishga xizmat qiladi.
Muloqot yakunida konsullik maslahatlashuvlarining ikkinchi davrasini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:46
O‘zbekiston–Saudiya: Haj va Umra mavsumida viza bo‘yicha hamkorlik kuchaytiriladi
22:28 / 22.12.2025
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi
21:16 / 18.12.2025
Saudiya Arabistoni JCh-2034 budjetini qisqartiradi
10:43 / 17.12.2025