O‘zbekiston | 14:02 / 26.12.2025
1102
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi

O‘zbekiston Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Yevropa va Osiyoning qator yetakchi davlatlari, shuningdek Yaqin Sharq mamlakatlari bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kuchaytirishni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilamoqda. Prezident xorijiy elchilarga JSTga a’zolik jarayonini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, asosiy xorijiy sheriklar hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, Ummon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish bundan keyin ham e’tibor markazida bo‘ladi.

Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz hamda Janubiy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

Prezident anjumanda ishtirok etgan xorijiy davlatlar elchilariga murojaat qilib, O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirish hamda mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun ularning hukumatlariga alohida tashakkur bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid