Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
«Al Mirqab Capital» va «Blackrock» investitsiya kompaniyasi bilan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 iyun kuni «Al Mirqab Capital» kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va «Blackrock» investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi.
O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan gaz va elektr tarmoqlari, suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya ishlab chiqarish va to‘plash quvvatlari, katta tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan temir yo‘llarni qurish, ko‘chmas mulk obektlari va biznes infratuzilmasini barpo etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:05 / 26.02.2026
Sergelida yirik quruq port loyihasi amalga oshiriladi
19:33 / 25.02.2026
O‘zbekiston va “Traxys Group” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
18:42 / 24.02.2026
Markaziy Osiyo integratsiyasi uchun keyingi strategik qadam – umumiy investitsiya makoni
07:34 / 30.01.2026