Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: ayolni muammosi bilan yolg‘iz qoldirishga hech kimning haqqi yo‘q
Davlat rahbari oilaviy zo‘ravonlikni “faqat oilaning ichki ishi” deb qarash noto‘g‘ri ekanini ta’kidlab, bu butun jamiyatga tegishli masala ekanini bildirdi. Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun davlat idoralari va jamoatchilik ishtirokida samarali tizim yaratish topshirildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish va farzandlarni himoya qilish qadimdan erkaklar uchun sha’n va g‘urur masalasi bo‘lib kelganini qayd etdi. Biroq jamiyatda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonliklarga uchrayotgani xalqimizning buyuk tarix, yuksak ma’naviyat va oilani muqaddas deb biladigan qadriyatlariga aslo yarashmasligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari oilaviy zo‘ravonlik faqat oilaning ichki ishi emasligi, bu butun jamiyatga daxldor muammo ekanini alohida urg‘uladi. Shu bilan birga, “ayolni o‘z muammosi bilan yolg‘iz tashlab qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q”, deya ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashga barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda salbiy holatlarga barham berish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, prezident parlament hamda fuqarolik jamiyati institutlarini ham ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.12.2025
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
18:18 / 18.12.2025
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
21:44 / 17.12.2025
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi
19:46 / 17.12.2025