Iqtisodiyot | 15:53
562
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika qo‘mitasi: savdo aylanmalarida ijobiy dinamika saqlanmoqda

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda chakana va ulgurji savdo ko‘rsatkichlarida o‘sish qayd etilgan. Qayd etilishicha, mazkur davrda savdo aylanmalarida ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 oy yakunida mamlakatning chakana savdo tovar aylanmasi 403 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oshgani bildirildi. Shu bilan birga, 1 dekabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 197 taga yetgan.

Ulgurji savdo segmentida ham o‘sish qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 443,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 12,8 foiz o‘sgan. 1 dekabr holatiga esa respublikada ulgurji savdo sohasida 51 497 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Statistika qo‘mitasi taqdim etgan ko‘rsatkichlar savdo sohasida faollik ortganini, bozorda tovar aylanmasi kengayayotganini hamda chakana va ulgurji segmentlarda korxonalar soni barqaror saqlanayotganini ko‘rsatishi ta’kidlanmoqda.

Mavzuga oid