Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
Yaponiya hukumatining 2,3 million AQSh dollari miqdoridagi granti hisobiga O‘zbekiston bo‘ylab 14 ta hududiy qon markazi va davlat klinikalari tasarrufidagi 3 ta qon quyish stansiyasi qon saqlash hamda tashish uchun yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlanadi.
Yaqinda Tokioda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinchi sammiti doirasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi. Muloqotlar samarasi sifatida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xirata Kendzi bilan Toshkent shahar “Qon preparatlari” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Qon mahsulotlari sifatining nazorati tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, loyiha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, grant mablag‘lari hisobidan 17 ta muassasa 7 turdagi 268 ta zamonaviy qon saqlash va tashish uskunasi, shuningdek 4 turdagi 136 ta aksessuar bilan ta’minlanadi. Bunday uskunalar avvalroq Respublika qon quyish markazida o‘rnatilgani ham qayd etildi.
Mazkur loyiha donorlar tomonidan topshirilgan qondan ishlab chiqariladigan qon mahsulotlarining saqlanish muddatini oshirish, shuningdek xavfsiz qon mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026