Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytiriladi
Dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan respublika budjetiga tushgan soliqlar ushbu sohadagi hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash uchun mazkur bozorlar joylashgan tuman (shahar)lar budjetlariga o‘tkaziladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi jamg‘armalar va mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalari mablag‘larining bo‘sh turgan qismini auksion orqali tijorat banklarida depozitga qo‘yish hisobiga qo‘shimcha daromad topishga ruxsat beriladi.
2026 yil 1 yanvardan tuman (shahar)lar budjetlari xarajatlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati beriladi hamda mazkur yig‘imlardan tushgan tushumlar to‘liq miqdorda tuman (shahar)lar budjetlariga yo‘naltiriladi;
quyidagi tushumlar mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi va qo‘shimcha manba sifatida foydalaniladi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishdan Davlat budjetiga o‘tkazilishi belgilangan mablag‘lar tegishli tuman (shahar)lar budjetlariga yo‘naltiriladi;
dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan respublika budjetiga tushgan soliqlar ushbu sohadagi hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash uchun mazkur bozorlar joylashgan tuman (shahar)lar budjetlariga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:52 / 20.02.2026
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi
16:05 / 26.12.2024
Budjet hisobidan qurilayotgan obektlarga 30 foiz miqdorida avans ajratiladi
21:39 / 01.11.2024