Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston tog‘larida uch kishining jasadi topildi
2025 yil boshidan buyon Qozog‘iston FVV qutqaruvchilari mamlakatning tog‘li hududlarida 119 marta qidiruv-qutqaruv ishlarini o‘tkazgan.
Qozog‘iston FVV qutqaruvchilari Olmaota tog‘larida 3700 metr balandlikda uch kishining jasadini topdi. Ma’lum qilinishicha, ular 24 dekabr kuni tog‘ yo‘li bo‘ylab yuqoriga yo‘l olishgan va ular bilan aloqa uzilgan.
"Lokomotiv" cho‘qqisi hududida dengiz sathidan 3700 metr balandlikda qutqaruvchilar tomonidan ikki kishining jasadi topildi. Avvalroq qidiruv-qutqaruv ishlari davomida ushbu guruhdan bo‘lgan bir kishining jasadi topilgandi", - deyiladi FVV xabarida.
Qayd etilishicha, ular professional alpinist bo‘lmagan hamda uchalasi ham Qozog‘iston fuqarolari hisoblanadi.
Qidiruv-qutqaruv ishlariga 80 nafarga yaqin kishi, 12ta texnika, to‘rtta kinologiya guruhi va to‘rtta dron jalb etilgan.
Qozog‘iston FVV turistlarga tog‘larda xavfsizlik choralarini ko‘rish, ob-havo va ko‘chki holatini inobatga olishni, yolg‘iz yurmaslikni eslatdi.
Xabar qilinishicha, 2025 yil boshidan buyon qutqaruvchilar mamlakatning tog‘li hududlarida 119 marta qidiruv-qutqaruv ishlarini o‘tkazgan.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026