Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyada onasi tomonidan tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan o‘zbekistonlik chaqaloqni vatanga qaytarish uchun zarur choralarni ko‘rib, ona va bolaning “Yekaterinburg–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha yurtga qaytishiga ko‘maklashdi.
Foto: Dunyo
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, Bosh konsulxonaga Sverdlovsk shahridagi 1-shahar bolalar klinikasi vakillari murojaat qilib, O‘zbekiston fuqarosi X.S. o‘z chaqalog‘ini tashlab ketgani haqida ma’lum qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ona avvalroq shifokorlarga juda zaif tug‘ilgan va maxsus vakuumga joylashtirilgan chaqalog‘idan voz kechishini bildirgan. Oradan uch kun o‘tgach esa u go‘dagini tashlab, o‘zi shifoxonadan chiqib ketgan.
Diplomatlar vatandoshni topib, bolani vatanga qaytarish zarurligi yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazgan. Shuningdek, ular chaqaloqni ro‘yxatdan o‘tkazib, ona va bola uchun barcha zarur hujjatlarni bepul rasmiylashtirgan.
Qayd etilishicha, Rossiyaning ushbu hududida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlar ko‘magida klinikadagi tibbiy xizmatlar to‘lovi hal etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ona va bolaga “Yekaterinburg–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilinib, ular yurtga qaytishi uchun reysga kuzatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
22:23 / 06.10.2025
Toshkentda metro bekatida chaqaloq tug‘ildi
18:46 / 29.09.2025
Samarqandda hamshira tug‘uruqxonadan chaqaloq o‘g‘irlab chiqib sotib yubordi
08:18 / 19.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:53 / 11.09.2025