Tadbir Özbekiston prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan va madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida taşkil etildi.

Uçraşuv davomida muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, jumladan, Amir Temur davriga oid ilmiy asarlar va moddiy aşyolar közdan keçirildi. Muzey ma’muriyati ma’lumotiga köra, ayni paytda uşbu maskanda Amir Temur maqbarasidan olingan marmar plita parçasi ham saqlanmoqda.

Aniqlanişiça, mazkur marmar plita parçasi Rossiya imperiyasining Turkiston ölkasiga yurişi davrida (1868–1878 yillar) general-leytenant Aleksandr Baranov tomonidan Uralga olib kelingan. Ma’lumotlarga köra, öşa davrda Samarqand şahridagi Temuriylar maqbarasiga zarar yetkazilib, marmar plitaning bir qismi olib ketilgan. Keyinçalik uşbu eksponat 1887 yildagi Ural–Sibir körgazmasiga taqdim etilgan va Sverdlovsk viloyati ölkaşunoslik muzeyiga hadya qilingan.

Hozirgi kunda mazkur tarixiy artefakt Sverdlovsk viloyati ölkaşunoslik muzeyida saqlanib kelinmoqda.