Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldan Samarqandga uchgan samolyot mast yo‘lovchi tufayli favqulodda qo‘ndi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti mast yo‘lovchining «nomunosib munosabati» tufayli Urganchga qo‘ndi.
Foto: Vasilev Serge / Flickr
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Istanbul – Samarqand yo‘nalishidagi HY276 reysi samolyoti 29 dekabr kuni yo‘lovchilardan birining «nojo‘ya xulq-atvori» sababli Urganch xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi.
«Mazkur reysning yo‘lovchilaridan biri mast holatda boshqa yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga nisbatan nomunosib munosabatda bo‘lgan. Yo‘lovchi keyingi surishtiruv ishlarini olib borish uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirildi», deyiladi xabarda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mojaroning boshqa tafsilotlarini keltirmadi.
O‘zbekistonda samolyot bortida tartib va xavfsizlikni buzgan yo‘lovchilar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin - hodisaning og‘irligiga qarab.
Huquqbuzarliklarga tajovuzkor xatti-harakatlar, uyatli so‘zlar, ekipajning qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortish, mushtlashuv, yo‘lovchilar yoki bort kuzatuvchilariga tahdid qilish, shuningdek, samolyot parvozi jarayoniga aralashishga urinish kiradi. Bunday hollarda jarima va ma’muriy qamoq, parvoz xavfsizligiga tahdid solganda esa jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Ekipaj qoidabuzarni ushlab turish choralarini qo‘llash, xizmat ko‘rsatishni cheklash va qo‘nishdan keyin huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish huquqiga ega. Ekipaj talablariga bo‘ysunishdan bosh tortish og‘irlashtiruvchi holat sifatida qaraladi.
Mutaxassislarning eslatishicha, hatto samolyot bortidagi «oddiy maishiy» mojaro ham jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi va kelajakda parvozlarni taqiqlashi mumkin.
Mavzuga oid
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
15:10 / 03.02.2026
UzAirways yo‘lovchilari reysga kechikkanda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
22:21 / 30.01.2026