Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
Ronaldu - milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari va Chempionlar ligasi musobaqalarining eng yaxshi to‘purari hamda rasmiy o‘yinlarda 900ta gol kiritgan ilk futbolchi hisoblanadi.
Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards-2025 talqini bo‘yicha Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
U ushbu nominatsiya uchun kurashda «Al-Ittihod» hujumchisi Karim Benzema, «Al-Hilol» sardori Salim Al-Dovsariy va «Al-Ahli» vakili Riyod Mharezlarni ortda qoldirdi.
Krishtiano Ronaldu — milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari va Chempionlar ligasi musobaqalarining eng yaxshi to‘purari hamda rasmiy o‘yinlarda 900ta gol kiritgan ilk futbolchi hisoblanadi.
U Chempionlar ligasida besh marta g‘alaba qozongan, 2016 yilgi Yevropa chempionati oltin medali sohibi va ikki marta UYeFA Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Ronaldu ketma-ket beshta jahon chempionatida gol urishga erishgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
09:46
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026