Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport xizmatlari tarkibi ochiqlandi: yetakchi - avtomobil transporti
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi qariyb 168,4 trln so‘mdan oshgan. Xizmatlar tarkibida eng katta ulush avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, transport xizmatlari hajmining turlari bo‘yicha tarkibi:
- avtomobil transporti — 50,2 foiz;
- havo transporti — 16 foiz;
- yordamchi transport faoliyati — 14,9 foiz;
- quvur transporti — 10,7 foiz;
- temiryo‘l transporti — 8,2 foiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida transport xizmatlari tarkibida avtomobil transporti yetakchilik qilgan. Shuningdek, havo transporti hamda yordamchi transport faoliyati xizmatlari ulushi ham nisbatan yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.
Mavzuga oid
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
11:30 / 08.06.2026