Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon: Ukrainada har ikki tomonda urishganlar jazolanadi
Ukrainada jang qilayotgan Ozarboyjon fuqarolari vatanida yollanma jangchilik uchun umrbod qamoq jazosiga tortilishi mumkin, deb ogohlantirdi mamlakat bosh prokuraturasi. U yerda ayrim ozorbayjonliklar haqiqatdan ham jang harakatlarida ishtirok etayotgani tasdiqlandi.
Ozarboyjon Bosh prokuraturasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qaysi tomonda bo‘lishidan qat’i nazar ishtirok etish mamlakatda jinoyat hisoblanishini va bunday qilmish uchun umrbod qamoq tahdidi borligini eslatdi. Idoraning bu haqdagi xabari dushanba kuni, 29 dekabrda e’lon qilindi.
Idora bayonotida Ozarboyjonning “bir qator fuqarolari”ning “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy operatsiyalarda, shuningdek boshqa qurolli mojarolarda” ishtirok etishiga doir “faktlar” paydo bo‘layotgani aytilgan. “Afsus bilan qayd etamizki, ushbu jang operatsiyalari oqibatida halok bo‘lganlar, og‘ir yaralanganlar va asirga tushganlar orasida ham fuqarolarimiz bor”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ozarboyjon Jinoyat kodeksidagi yollanma jangchilik haqidagi modda eslatildi: u 8 yildan umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha jazoni nazarda tutadi. Bir qator fuqarolarga nisbatan ushbu modda bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, tergovlar olib borilmoqda. Ushbu ozarboyjonliklar Ukrainada jang qilgan-qilmagani va ular soni qancha ekani aniqlashtirilmagan.
“Fuqarolarimizni hushyorlikni saqlashga, qonunga zid da’vatlarga uchmaslikka va davlatimiz qonunlarini hurmat qilishga chaqiramiz”, — deb yakunlagan bosh prokuratura.
Ozarboyjon fuqarolarining Ukrainadagi urushda ishtirok etishi bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q. 2023 yil may oyida Bokudagi Ukraina elchixonasi panjarasida “Xotira devori” — Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilgan va frontda halok bo‘lgan ozarboyjonliklarning suratlari ilingan taxta ochilgan. Ochilish marosimida halok bo‘lganlarning onalari ham ishtirok etgan. O‘sha paytda u yerda 26 ta ism bo‘lgan.
2025 yil aprelida Media.az portali Ukrainada frontning qarama-qarshi tomonida ikki ozarboyjonlik — Sanan Moxsumov va Guseyn Isayev halok bo‘lgani haqida yozgan. Ikkinchisi — Guseyn Isayev — qotillik uchun qamoqda o‘tirgan joyidan RF Qurolli kuchlariga yollangani aytilgan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026