Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada mushkul ahvolga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasiga Qashqadaryoda tug‘ilgan fuqaro mushkul ahvolga tushib qolgani sababli vaqtincha yotoq joy va Vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qildi. Elchixona va XMT ko‘magida unga yordam ko‘rsatilib, yurtga xavfsiz qaytishi ta’minlandi.
Mamlakatning Polshadagi elchixonasiga Qashqadaryoda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi mushkul ahvolga tushib qolgani sababli vaqtincha yotoq joy va vatanga qaytishida yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.
Elchixona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda murojaatchidan ariza qabul qilinib, u vaqtincha yotoq joy bilan ta’minlangan.
Shuningdek, Xalqaro migratsiya tashkiloti ko‘magida fuqaro uchun aviachipta rasmiylashtirilib, uning O‘zbekistonga xavfsiz tarzda qaytishi ta’minlangan.
Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega ekanining yana bir bor tasdig‘i hisoblanadi.
Elchixona tomonidan hech bir fuqaro e’tiboran chetda qolmasligi, ularning vatanga yetib olishi uchun barcha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
09:57 / 02.04.2026
Ayrim o‘zbekistonliklar Vladivostok aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmadi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
09:54 / 28.03.2026