Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
Qonun noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi noqonuniy kontentni tarqatish uchun taxminan 140 dollar jarima solinishini nazarda tutadi. Takroran qoidabuzarlik uchun jarima ikki baravar ko‘paytiriladi yoki qoidabuzarga nisbatan 10 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanadi.
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari va onlayn platformalarda LGBT targ‘iboti va pedofiliyani taqiqlashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Oqo‘rda.
«Bolalarni ularning sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish maqsadida qonunda jamoat joylarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va onlayn platformalardan foydalangan holda pedofiliya va noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyani targ‘ib qiluvchi axborotni joylashtirishni cheklash bo‘yicha normalar nazarda tutilgan», deyiladi Senatning ijtimoiy-madaniy rivojlanish va fan masalalari qo‘mitasi xulosasida.
Hujjat bilan Mehnat kodeksiga hamda 12 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kochetov avvalroq qabul qilingan qonun noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi noqonuniy kontentni tarqatish uchun taxminan 140 dollar jarima solinishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Takroran qoidabuzarlik uchun jarima ikki baravar ko‘paytiriladi yoki qoidabuzarga nisbatan 10 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanadi.
Shuningdek, Kochetovning aniqlik kiritishicha, targ‘ibot deganda «aynan ijobiy baho berish» tushuniladi.
18 dekabr kuni Senatda so‘zga chiqqan Qozog‘iston adliya vaziri o‘rinbosari Bo‘tago‘z Jakselekova joriy etilayotgan taqiq xalqaro qonunchilikni buzmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u faqat LGBT ommaviy targ‘ibotiga ta’sir qiladi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
12:13 / 28.12.2025
Aqto‘bedagi halokatlar: sabablar nima?
23:27 / 27.12.2025
Qozog‘iston tog‘larida uch kishining jasadi topildi
12:53 / 27.12.2025