O‘zbekiston | 21:46 / 31.12.2025
2169
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Jamg‘arma mablag‘lari umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga sarflanadi.

“Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy soha obektlarini qurish va ta’mirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:

- umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

- ta’lim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, o‘quv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash;

- boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid