Jahon | 08:02
616
3 daqiqa o‘qiladi

Reyting: so‘nggi besh yilda eng ko‘p sotilgan videoo‘yinlar

2020 yildan beri barcha yirik platformalarda turli janrlardagi blokbasterlar chiqdi - xotirjam “hayot simulyatorlari”dan tortib, ochiq dunyoli ulkan o‘yinlargacha.

Foto: Animal Crossing: New Horizons

Yuqorida taqdim etilgan yangi infografika 2020–2025 yillar oralig‘ida eng ko‘p sotilgan videoo‘yinlarni butun dunyo bo‘yicha nusxa savdolari asosida saralaydi. Ma’lumotlar manbai sifatida Video Game Sales Wiki (Fandom) ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Reytingning eng yuqori pog‘onasida 48,2 million nusxa sotilgan Animal Crossing: New Horizons ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda.

O‘yin 2020 yil 20 martda — aynan ko‘plab mamlakatlar COVID-19 pandemiyasi sabab lokdaunlar joriy eta boshlagan paytda chiqdi. Shuning uchun Animal Crossing seriyasining yangi qismi global noaniqlik va faollik cheklangan sharoitda vaqt o‘tkazishning juda qulay usuliga aylandi.

Ikkinchi o‘rinda — 34 million nusxa bilan Hogwars Legacy. Bu birinchi va ikkinchi o‘rin orasida katta farq — 14,2 million nusxalik tafovutni yuzaga keltiradi. Hogwars Legacy’ning ustun tomoni shuki, u dunyodagi eng mashhur franshizalardan biri — “Harri Potter” bilan bog‘liq va muxlislarga uzoq kutilgan — sehrli ochiq dunyoni tadqiq qilish tajribasini taqdim etdi.

Shundan keyingi o‘rinlarda raqobat ancha zich: darhol to‘rtta o‘yin 30 million nusxa ko‘rsatkichiga yetgan — Elden Ring, Cyberpunk 2077, Call of Duty: Black Ops Cold War va Call of Duty: Vanguard.

Bessellerlar ro‘yxatidan o‘rin olgan ko‘plab o‘yinlar Nintendo’ning franshizalariga mansub. 2020 yildan beri eng ko‘p sotilgan top-20 o‘yinga Nintendo’ning oltita o‘yini kirgani kompaniyaning o‘yin industriyasida ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi maqomini yana bir bor tasdiqlaydi.

Jami hisobda shu oltita o‘yin 144,7 million nusxada sotilgan va hech bir boshqa ishlab chiqaruvchi bunday natijaga yaqinlasha olmagan.

Pokemon, Super Mario Bros. va The Legend of Zelda kabi sinalgan franshizalarni doimiy takomillashtirib borish strategiyasi hanuz muvaffaqiyatli: kompaniya turli janrlarda xitlar chiqarishda davom etmoqda.

2025 yil iyun oyida taqdim etilgan Nintendo Switch 2 konsolining muvaffaqiyatli sotuvlari hisobga olinsa, yaqin vaqt ichida Nintendo’ning bozordagi ustunligi susaymaydi, degan xulosa keladi.

Mavzuga oid