Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Somali shunday mamlakat.
Somali, ehtimol, dunyodagi eng yomon va korrupsiyalashgan davlatdir, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida va somaliliklarni vataniga qaytarishni talab qildi.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, «Minnesotadagi firibgarliklarning katta qismi, ya’ni 90 foizigacha Somalidan mamlakatga noqonuniy ravishda kelgan odamlar tomonidan sodir etiladi».
«Ularni qayerdan kelgan bo‘lsa, o‘sha yerga, Somaliga, ehtimol, yer yuzidagi eng yomon va eng korrupsiyalashgan mamlakatga jo‘nating», deb yozadi u.
Birinchi prezidentlik muddatida u bir qator davlatlar, jumladan, Somali fuqarolariga Qo‘shma Shtatlar hududiga kirishni taqiqladi, biroq AQSh navbatdagi prezidenti Jo Bayden bu qarorni bekor qildi. Tramp ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishganida taqiqni tikladi va unga yana bir necha davlat fuqarolarini qo‘shdi.
Bundan tashqari, AQSh Somalida IShID bilan aloqador jangarilarga bir necha bor aviazarbalar bergan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026