Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng tez o‘sgan xizmat turlari ma’lum qilindi
2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori o‘sish moliyaviy hamda aloqa-axborotlashtirish xizmatlarida qayd etilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xizmat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha shakllangan:
- moliyaviy xizmatlar — 123,7 foiz;
- aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,6 foiz;
- ijara xizmatlari — 119 foiz;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
- me’morchilik, muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,2 foiz;
- savdo xizmatlari — 113,3 foiz;
- boshqa xizmatlar — 113,1 foiz;
- transport xizmatlari — 112,9 foiz;
- kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 112,8 foiz;
- shaxsiy xizmatlar — 112 foiz;
- ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 111,7 foiz;
- yashash va ovqatlanish xizmatlari — 109,3 foiz;
- ta’lim sohasidagi xizmatlar — 108,8 foiz.
Keltirilgan ko‘rsatkichlar xizmatlar bozorida eng yuqori o‘sish moliyaviy hamda aloqa-axborotlashtirish yo‘nalishlariga to‘g‘ri kelayotganini, shuningdek ijara, sog‘liqni saqlash va muhandislik xizmatlarida ham barqaror o‘sish saqlanayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
18:38 / 03.03.2026
Ro‘yxatga olishda 8,3 million xonadonda yashovchi aholi qamrab olindi
12:25 / 03.03.2026
2026 yilning ilk oyida O‘zbekistonda energoresurslar ishlab chiqarish qanday o‘zgardi?
11:29 / 28.02.2026
2025 yilda “parkovka” xizmatlari narxi 15,5 foizga oshdi
13:21 / 25.02.2026