O‘zbekiston | 14:46 / 02.01.2026
2473
1 daqiqa o‘qiladi

Paxta va g‘alla navlari yangilanadi: tezpishar serhosil navlar joriy etiladi

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish va rentabellikni kuchaytirish doirasida paxta hamda g‘alla yetishtirishda navlarni yangilashga alohida e’tibor qaratilgan.

Foto: Kun.uz

Loyihaga ko‘ra, paxta bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik ko‘rsatkichlarini 45–50 sentnerga yetkazish, g‘alla bo‘yicha esa hosildorlikni 90–100 sentnergacha oshirish maqsad qilingan.

Shu maqsadda paxtada 8 ta tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish, g‘allada esa 12 ta yangi tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, bu choralar hosildorlikni barqaror oshirish, iqlim va resurs omillariga moslashgan navlar ulushini kengaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va g‘alla maydonlarining 40–50 foizida joriy etish ham nazarda tutilgan.

Strategiya loyihasida belgilangan vazifalar paxta va g‘alla yetishtirishda navlarni yangilash hamda tezpishar serhosil navlarni joriy etish orqali hosildorlikni oshirish va agrar tarmoq samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid