O‘zbekiston | 09:33
1255
2 daqiqa o‘qiladi

SSV: yangi yilning birinchi kunida 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi

Bu o‘tgan yilning 1 yanvariga nisbatan 174 nafarga ko‘proq.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

2026 yil 1 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab jami 1815 nafar chaqaloq tug‘ildi. SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, shundan 894 nafari qiz, 921 nafari o‘g‘il bolalar. 

2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda esa 1859  nafar, 2025 yilda esa 1641 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.

Eng ko‘p chaqaloq Surxondaryo viloyatida (243 nafar) tug‘ildi.  

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda: 

Farg‘ona viloyati 216 nafar
Namangan viloyati 194 nafar
Qashqadaryo viloyati 191 nafar
Samarqand viloyati 191 nafar
Andijon viloyati 157 nafar
Toshkent shahri 143 nafar
Toshkent viloyati 129 nafar
Buxoro viloyati 85 nafar
Jizzax viloyati 76 nafar
Xorazm viloyati 65 nafar
Navoiy viloyati 55 nafar
Qoraqalpog‘iston R. 41 nafar
Sirdaryo viloyati 29 nafar.

Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor, ya’ni 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir. 

Mavzuga oid