O‘zbekiston | 12:39
807
1 daqiqa o‘qiladi

Tayyor ovqat yetkazib berish bozorida narxlar ko‘tarildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.

Foto: Sputnik

Qo‘mita qayd etishicha, mazkur xizmat turi narxlari yil boshidan buyon 5,3 foizga oshgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlari narxlarida 6,4 foizlik o‘sish kuzatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyidagi oylik qimmatlashish nisbatan past bo‘lsa-da, yil boshidan va yillik kesimda narxlar o‘sishi saqlanib qolgani qayd etilmoqda.

Ko‘rsatkichlar tayyor ovqatlarni yetkazib berish bozorida narxlar bosqichma-bosqich ko‘tarilib borayotganini, yillik taqqosda esa qimmatlashish sur’ati sezilarli ekanini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid