Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanida YTH oqibatida Cobalt avtomobili yonib ketdi
1 yanvar kuni tungi soat 01:59 da Toshkent shahri Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida 85/1-uy qarshisida ikki avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida Cobalt avtomobilida yong‘in chiqqan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt avtomobili yonayotgani haqidagi xabar Toshkent shahar FVBBga soat 01:59 da kelib tushgan. Shunga muvofiq, qutqaruv texnikalari hodisa joyiga soat 02:08 da yetib borgan.
Yong‘in soat 02:14 da o‘chirilgan va tezkor harakatlar orqali yong‘inning kengayib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:50 / 20.02.2026
Mirobod tumanida 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026