O‘zbekiston | 09:20
904
2 daqiqa o‘qiladi

Palov uchun mahsulotlar qiymati: eng qimmat hudud - Toshkent shahri

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyida hududlar kesimida 1 kilogramm palovning hisoblangan qiymati 97 727 so‘mdan 115 491 so‘mgacha bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil dekabr oyi uchun hududlar kesimida 1 kilogramm palovning hisoblangan qiymatlarini e’lon qildi. Ro‘yxatga ko‘ra, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida, eng yuqori ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida qayd etilgan.

Hududlar bo‘yicha 1 kg palovning hisoblangan qiymati quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 97 727 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati – 103 696 so‘m;
  • Andijon viloyati – 105 336 so‘m;
  • Xorazm viloyati – 106 527 so‘m;
  • Buxoro viloyati – 107 175 so‘m;
  • Namangan viloyati – 108 030 so‘m;
  • Jizzax viloyati – 109 017 so‘m;
  • Navoiy viloyati – 109 169 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati – 111 002 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 111 093 so‘m;
  • Toshkent viloyati – 111 857 so‘m;
  • Samarqand viloyati – 112 222 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 114 890 so‘m;
  • Toshkent shahri – 115 491 so‘m.

Shuningdek, qo‘mita ma’lumotida 1 kg palov uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar me’yori ham keltirilgan:

  • kungaboqar yog‘i – 0,3 l;
  • piyoz – 300 gr;
  • mol go‘shti – 700 gr;
  • sabzi – 1 kg;
  • guruch – 1 kg;
  • no‘xat – 100 gr;
  • zira – 10 gr;
  • osh tuzi – 20 gr.

Eslatma: ushbu raqamlar hududlarda sotilayotgan 1 kilogramm palovning tayyor mahsulot sifatidagi narxini anglatmaydi. Hisob-kitoblarga palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblangan.

Mavzuga oid